Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Karim Adeyemi Chempionlar ligasi nimchorak finalida “PSJ”ga qarshi o‘yin (1:0) haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Uchrashuvning 36-daqiqasida Niklas Fyullkrugning aniq zarbasi “asalarilar”ga g‘alaba keltirdi. 7 may kuni Edin Terzich shogirdlari safarda parijliklarga qarshi bahs olib boradi.
"Bu o‘zgacha oqshom, biz yaxshi o‘ynadik va g‘alaba qozondik, ammo qarama-qarshilik shu bilan tugamaydi – oldinda javob uchrashuvi bor.
Bu qiyin o‘yin bo‘ldi, lekin biz bunday raqibga qarshi kurashish hech qachon oson bo‘lmasligini bilardik”, dedi 83-daqiqada Marko Roys o‘rniga maydonga tushgan Adeyemi Prime Video nashriga.