Myunxenning “Bavariya” klubi “Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silvaning agentlari bilan bog‘lanib, uning mavsum oxiridagi ehtimoliy transferini muhokama qildi, deb xabar beradi Sport.es.
Nashrning yozishicha, Myunxen klubi futbolchini sotib olish va unga uzoq muddatli shartnoma bilan yaxshi maosh taklif qilish uchun taxminan 60 million yevro sarflashga tayyor.
Joriy mavsumda Silva barcha turnirlar doirasida 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.