"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager "Manchester Yunayted" qanday qilib "Kristal Pelas"ga 0:4 hisobida yutqazganini tushunmayapti.
Hozirda Sky Sports nashrida ekspert bo‘lib ishlayotgan sobiq himoyachining fikricha, bugungi o‘yinda “qizil iblislar”ning ikkinchi jamoasi ham raqiblari bilan yaxshiroq o‘ynagan bo‘lardi.
"Manchester Yunayted" "Kristal Pelas"ga 0:4 hisobida yutqazmasligi kerak. Men jarohatlar bilan bog‘liq muammolarni tushunaman, lekin 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ham bunaqa yomon o‘ynamasdi", - deydi Karrager.