Seshanba oqshomida Dortmundning «Borussiya» klubining eng tajribali 35 yoshli himoyachisi Mats Xummels «PSJ» darvozasiga gol urdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida burchak to‘pidan keyin sodir bo‘ldi - 1:0. Xummels "Borussiya" uchun Chempionlar ligasidagi so‘nggi golini 11 yil oldin urgan.
Bu 2013-yilning 13-fevralida Doneskning "Shaxtyor" jamoasiga qarshi o‘yinda sodir bo‘lgandi. Hummelsning jamoadoshlari Robert Levandovski, Mario Gyotse, Sebastyan Kel va Felipe Santana edi.