Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

"Barsa" yozgi transfer oynasidayoq Niko bilan shartnoma imzolamoqchi

"Barsa" yozgi transfer oynasidayoq Niko bilan shartnoma imzolamoqchi

Baho:
+ | -

"Barselona" "Atletik Bilbao" klubi futbolchisi Niko Uilyamsni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Diario Sport xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi 21 yoshli yarim himoyachining transferi variantlarini avval xabar qilinganidek 2025 yilda emas, balki yozgi transfer oynasida ko‘rib chiqmoqda. Kompensasiya - 50 million yevro.

Bu transfer orqali "Barselona" nafaqat tarkibni kuchaytirish, balki jamoada raqobatni kuchaytirish va hujum guruhidagi ba’zi o‘yinchilarga klubni tark etishlari osonroq bo‘lishi uchun "signal yuborish"ga umid qilmoqda.

Biroq, hozirda "Blaugrana"ning iqtisodiy muammolari hal qilinmagan. Qolaversa, kataloniyaliklar birinchi navbatda tayanch yarim himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi.

La Liganing joriy mavsumida Uilyams “Atletik” safida 28 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 06:08, 11.05.2024.
O'qildi: 1255 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик