Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/06 19:30 Bunyodkor 0-3 Neftchi
02/06 00:00 Borussiya D 0-2 Real Madrid
02/06 21:00 Atalanta - Fiorentina

WADA Prezidenti birinchi bor O‘zbekistonga tashrif buyuradi

WADA Prezidenti birinchi bor O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Joriy yilning 22-23-may kunlari Toshkentda Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning Osiyo va Okeaniya mamlakatlari sport vazirliklarining 19-hukumatlararo yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

34 mamlakatdan delegatlar qatnashadigan ushbu nufuzli tadbirga WADA Prezidenti Vitold Banka va boshqa ko‘plab faxriy mehmonlar tashrif buyuradi.

Sport vazirligida mazkur tadbirni yuqori saviyada tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda vazir Adkham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sadikov, shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Qayd etish joiz, WADA o‘z faoliyatini boshlaganidan beri beri ushbu tashkilotning hech bir rahbari mamlakatimizga tashrif buyurmagan edi.

Shu bois, Adkham Ikramov bo‘lajak tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish muhim ekanini ta’kidlab, mas’ullarga uni munosib tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi.

Uchrashuvda xalqaro tadbirning kun tartibidan o‘rin olgan masalalar muhokama qilinib, sohada yanada ildam qadamlarni tashlash maqsadida xalqaro ekspertlar, martabali mehmonlar bilan rasmiy uchrashuvlar tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Manba: Minsportuz
Kiritildi: 16:08, 18.05.2024.
O'qildi: 519 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.