"Atalanta" yarim himoyachisi Tyon Kopmeyners jamoasining Yevropa ligasi finalidagi g‘alabasidan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
“Endi bu g‘alabadan muxlislar bilan zavqlanmoqchiman, bor e’tiborimni bayram qilishga qaratganman. Keyingi mavsum? Hozircha bilmayman. Ko‘ramiz", - deya yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi insayder Fabrisio Romano.
Tyon Kopmeyners "Yuventus"ning asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi va "Liverpul" ham "Atalanta" yulduziga qiziqish bildirmoqda.