Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Rafael Leau: «Yosh bolalarga ozgina bo‘lsa-da, yordam bo‘lsin dedim»

Rafael Leau: «Yosh bolalarga ozgina bo‘lsa-da, yordam bo‘lsin dedim»

Baho:
+ | -

«Rossonerilar»ning portugaliyalik vingeri futbol bo‘yicha yangi eksklyuziv master-klass ishga tushirganini e’lon qildi.

Unda to‘p nazorati, o‘yinni boshqarish, qisqa va uzun paslar, zarbalar, reaksiyalar va boshqa bir qator qiziqarli mashg‘ulotlar-u individual ko‘nikmalarni rivojlantirishni maqsad qilganlar uchun ko‘plab foydali maslahat va mashqlar mavjud. Agar siz ham qiziqsangiz, ushbu master-klass Sport.xyz saytida mavjud. Taqdimot doirasida Rafael Leau insayder Fabrisio Romanoga eksklyuziv intervyu berdi.

— Nega master-klass o‘tkazishga qaror qildingiz?
— Men hali yosh o‘yinchiman va ko‘plab bolalar futbolchi bo‘lishni orzu qilishlarini bilaman. Shuning uchun, ularga ozgina bo‘lsa-da yordam bo‘lsin dedim: ularga mashg‘ulotlarda, zarba berish qobiliyatlarida, driblingda yordam berish uchun kontent yaratishga harakat qildim. Menimcha, kichik detallar maydonda katta ahamiyat kasb etadi. Va bolalar buni kuzatib, rivojlanishi mumkin.

— Bu ko‘nikmalarga qancha vaqt ajratdingiz va bu harakatlarni qanday rivojlantirdingiz?
— Rostini aytsam, bu ko‘proq instinktga o‘xshaydi. Do‘stlarim bilan ko‘chada o‘ynardim, Ronaldinyo, Krishtianu Ronaldu kabi kumirlarim o‘yinlarini tomosha qildim va maydonda ko‘rganlarimni takrorlashga harakat qildim. Ayni paytda zarbalarimni yaxshilashga harakat qilyapman, chunki hozir bu juda muhim. Forvard uchun raqib darvozasi oldida sovuqqonroq bo‘lish va yakuniy zarbaga e’tibor qaratish muhim. Shuning uchun men ushbu komponentni yaxshilashim kerak deb o‘ylayman.

— Birinchi marta qachon o‘zgacha iste’dodga ega ekanligingizni his qildingiz?
— Menimcha, 16-17 yoshda. «Sporting»da edim, lekin ba’zi jamoadoshlarim mendan ko‘ra ko‘proq o‘ynayotganini ko‘rdim. Va men o‘zimcha o‘yladim: «nega men o‘ynamayapman? Ke­yin, ikki yil o‘tgach, mavsumoldi yig‘ini paytida bir murabbiy oldimga kelib: «Rafa, sen xohlagan futbolchiga aylanishing mumkin. Faqat diqqatni jamla, men senga yordam beraman. Biz sening arsenalingda bo‘lmagan va yaxshilashing kerak bo‘lgan boshqa narsalarni sinab ko‘ramiz», dedi. O‘ylaymanki, o‘sha paytda u menga katta yordam berdi va men o‘sishni boshladim.

— Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada bo‘lish qanday?
— U bilan bitta jamoada o‘ynashdan faxrlanaman. O‘ylaymanki, biz yosh futbolchilar uchun uning terma jamoada bo‘lishi juda yoqimli. U hamma uchun namuna.

— «Milan» muxlislari bilan munosabatlar siz uchun qanchalik muhim va ularning o‘ziga xos xususiyati nimada?
— Bu yerga kelganimda, birinchi o‘yinlarim unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmadi. Lekin muxlislar qo‘llab-quvvatlashini his qildim. O‘shanda murabbiy ba’zi o‘yinlarga qo‘ymadi va bu men uchun qiyin edi. Lekin atrofimda juda yaxshi sifatli futbolchilar borligini, men esa hali yosh ekanligimni tushundim. Shunday ekan, endi diqqatimni jamlash, ularning yonida rivojlanish, har kuni o‘rganish va imkoniyatimni kutishim kerak edi.

— Sizningcha, «Milan»da boshqa klublarda uchramaydigan nimasi bor?
— Hammasi. Stadion, muxlislar, ehtiros, shahar...

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 19:58, 28.05.2024.
O'qildi: 1221 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.