"Atletiko Madrid"ning 35 yoshli markaziy himoyachisi Aksel Vitsel "matraschilar" lageridagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
“Biz “Atletiko” bilan yangi shartnomani muhokama qilmoqdamiz. Endi men Yevro-2024 uchun tiklanmoqchiman.
Maqsadim klubda qolish. Madridda o‘zimni yaxshi his qilyapman, mening oilam ham", - deya belgiyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi jurnalist Sasha Tavolyeri X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter).