Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

"Arsenal"ga bu borada raqiblar paydo bo‘ldi

"Arsenal"ga bu borada raqiblar paydo bo‘ldi

Baho:
+ | -

So‘nggi paytlarda mish-mishlar "Arsenal"ni "RB Leypsig" hujumchisi Benjamin Sheshko bilan faol bog‘lamoqda.

Biroq, Sky nashrining xabar berishicha, yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Qayd etilishicha, 21 yoshli Sheshkoga Angliya premyer-ligasining boshqa top-klublari – “Manchester Yunayted” va “Chelsi” ham qiziqish bildirmoqda.

Iyun oyi oxirigacha Sheshkoni “RB Leypsig”dan 65 million yevroga sotib olish mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, nemis klubi rahbarlari futbolchini o‘zida saqlab qolmoqchi.

Barcha tomonlar bu masalani 2024 yilgi Yevropa chempionati boshlangunga qadar hal qilishni kutmoqda.

Kiritildi: 19:34, 01.06.2024.
O'qildi: 1524 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик