Rossiyalik jangchi Islom Maxachev UFC 302'ning asosiy jangida amerikalik Dastin Poryeni mag‘lub etdi. U uchinchi marta yengil vazn toifasida chempionlik kamarini himoya qildi. Bu g‘alaba uning UFC'dagi qatorasiga 14-g‘alabasi bo‘ldi.
Shu tariqa, ketma-ket g‘alabalar soni bo‘yicha Maxachev ketma-ket 13 ta g‘alabaga erishgan Xabib Nurmagomedovni ortda qoldirdi.
32 yoshli Maxachev hisobida 26 g‘alaba va bitta mag‘lubiyat bor, 35 yoshli Porye hisobida 30 g‘alaba va 9 mag‘lubiyat bor.