Kirish Ro'yxatdan o'tish

Benzema "Oltin to‘p"ni kim berishni aytdi

Benzema "Oltin to‘p"ni kim berishni aytdi

Baho:
+ | -

Fransiyalik futbolchi “Real” hujumchisi Vinisius Juniorning suratini ijtimoiy sahifasiga joylashtirdi va unga “Oltin to‘p”, deb izoh qoldirdi.

Ya’ni, Benzema Vinisius futbol olamidagi asosiy individual sovrinni qo‘lga kiritishi kerak, deb hisoblamoqda. Shanba kuni braziliyalik futbolchi Chempionlar ligasi finalida Dortmundning “Borussiya”siga qarshi o‘yinda gol urdi (“Real” 2:0 hisobida g‘alaba qozondi).

Benzemaning o‘zi 2022 yilda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgandi. 2022/2023 yilgi mavsum yakunida Karim Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi va u yerda "Al-Ittihod" bilan shartnoma imzoladi.

Kiritildi: 17:45, 02.06.2024.
O'qildi: 5120 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик