Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/12 00:45 Atalanta 2-1 Kalyari
14/12 01:00 Arsenal 2-1 Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe 0-1 Espanyol
14/12 16:30 Milan 2-2 Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya 4-0 Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina 1-2 Verona
14/12 19:00 Udineze 1-0 Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas 0-3 Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest 3-0 Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend 1-0 Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem 2-3 Aston Villa
14/12 20:15 Selta 2-0 Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford 1-1 Lids
14/12 22:00 Jenoa 1-2 Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma - Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano - Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted - Bornmut

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bu mavsum kam ochko jamg‘arib chempion bo‘lish mumkin»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bu mavsum kam ochko jamg‘arib chempion bo‘lish mumkin»

Baho:
+ | -

Superliga 10-turidan o‘rin olgan "Nasaf" – "Lokomotiv" (3:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"G‘alaba uchun ham, Abduxoliqov uchun ham xursandman. Bizga 3 ochko, Boburga esa gol kerak edi va bunga erishdik. Barchasi nazoratimiz ostida o‘tdi va xotirjam, ishonchli g‘alabaga erishdik. Tezkor gol o‘yinimizni yengillashtirdi. Goldan so‘ng "Lokomotiv" ochilishga majbur bo‘ldik. Temiryo‘lchilar bugun 5-4-1 sxemasida bellashuvni boshladi. Tezkor gol esa bizga juda ham zarur edi.

Superkubokdan so‘ng futbolchilarda toliqish bor edi. Shu sababli zaxiradagi futbolchilarga imkoniyat berdik. Qolaversa, pozisiyalar bo‘yicha ham o‘zgarishlar qildik. Marushich o‘rniga Abduxoliqov, Jigauri o‘rniga Silva va Kenjaboyev o‘rniga Chogadze maydonda harakat qildi. Superkubokda ham ularning maydonga tushishi ko‘p narsani o‘zgartirgan edik. Shu sababli ishonch bilan ularga imkoniyat berdik.

Statistikaga qaramagan ekanman. Agar, biz haqiqatdan ham ancha vaqtdan buyon "Lokomotiv"ni o‘z maydonimizda mag‘lub etmayotgan bo‘lsak, bugungi g‘alaba biz uchun juda ham muhim bo‘lgan ekan.

Bu yilgi mavsumda eng kam ochko jamg‘arib chempion bo‘lish imkoni bor. Jadvalga qarasak, barcha jamoada yo‘qotishlar ko‘p ekanini ko‘ramiz. Shu sababli, har bir bahsga jiddiy yondashmasak, natija ijobiy bo‘lmasligi mumkin.

Futbolchilarning jismoniy imkoniyatlari ko‘rinib turadigan tizimdan ligadagi barcha jamoalar foydalanadi. Bu talab ham. Boisi, har bir jamoada milliy termaga nomzod futbolchilar to‘p tepib turadi. Bu tizim murabbiylarga ham juda katta foyda keltiradi. Biz bundan chuqur foydalanamiz. Qaysi futbolchi qanday tezlikda qancha vaqt harakat qilganiyu, tiklanish kimda qancha vaqt olayapti? Bu tizim orqali barchasini nazorat qilib borish mumkin bo‘ladi. Undagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha ko‘p futbolchilarimizda bir xil natijalar kuzatiladi. Ammo, ayrim vaqtlarda buning aksi ham kuzatiladi. Masalan, Superkubokda Bozorov 13 kmdan ortiq masofani bosib o‘tgan. Undan oldingi bellashuvda esa Kenjaboyev eng ko‘p yugurgan edi. Shuningdek, pozisiyasidan kelib chiqib, Muhiddinov va Jigauri ham ko‘p masofa bosib o‘tadi. Markaziy himoyachilardan boshqa deyarli barcha o‘rtacha 10 kmdan ko‘p yuguradi. Qanot vingerlarida esa bu ko‘rsatkich yanada ko‘p bo‘ladi", — dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 10:23, 03.06.2024.
O'qildi: 3016 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.