“Liverpul” va “PSJ”ning sobiq himoyachisi Mamadu Saxo “Torpedo” futbolchisiga aylanadi. Bu haqda Gruziyaning Kaxeti viloyati klubi matbuot xizmati rasman ma’lum qildi. Ertaga, 12 iyun kuni Mamadu tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. 13 iyun, payshanba kuni esa markaziy himoyachi o‘zining rasmiy taqdimotida “Torpedo” bilan shartnoma imzolaydi.
Sako 34 yoshda va "PSJ" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013—2017 yillarda "Liverpul"da, 2017—2021 yillarda esa Londonning "Kristal Pelas" klubida o‘ynagan. Mamaduning Gruziyaga ko‘chib o‘tgunga qadar so‘nggi klubi "MonpelYE" bo‘lib, u yerda muntazam o‘yin amaliyoti bilan maqtana olmasdi.
Transfermarkt hozirda futbolchini atigi 800 ming yevroga baholamoqda.