Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

UFC 303 turnirining markaziy jangi o‘zgardi

UFC 303 turnirining markaziy jangi o‘zgardi

Baho:
+ | -

Yarimo‘rta vazn toifasida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Konor Makgregor va Maykl Chendler o‘rtasidagi jang rasman bekor qilindi.

Ushbu to‘qnashuv 29 iyun (bizda 30 iyun tongi) kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC 303 turnirining markaziy jangi bo‘lishi kerak edi. Irlandiyalik mashg‘ulotda orttirib olgan jarohati tufayli ushbu jang bekor qilindi.

Endi yarimog‘ir vazn toifasida braziliyalik Aleks Pereyra hamda chexiyalik Irji Proxazka o‘rtasida o‘tkaziladigan jang markaziy maqomda bo‘ladi. Shuningdek, Entoni Smit jarohat olgan Jamal Xillning o‘rnini egallaydi va Karlos Ulbergga qarshi oktagonga chiqadi.

Yarimengil vazndagi Brayan Ortega - Diyego Lopes bahsi esa oqshomning yangi co-main event jangi bo‘ladi. Bu ma’lumotlarni shaxsan UFC rahbari Dana Uayt tasdiqladi.

Kiritildi: 17:02, 14.06.2024.
O'qildi: 4610 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик