Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Superliga: 11-turda yuzaga kelgan 3 ta bahsli vaziyat yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi

Superliga: 11-turda yuzaga kelgan 3 ta bahsli vaziyat yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi

Baho:
+ | -

Joriy yilning 17 iyun sanasida Superliga 2024 yilgi mavsumning 11-turi yakuniga yetdi. O‘zbekiston futbol hakamlari markazi tur yakunlariga ko‘ra, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va tur doirasida kuzatilgan yana 3 ta bahsli vaziyat tahlil qilindi.

Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin.

1-vaziyat. «Paxtakor» - «Navbahor» qarama-qarshiligi: darvozabonga nisbatan qo‘pollik.

«Paxtakor» - «Navbahor» uchrashuvining 90+8-daqiqasida mehmonlar raqiblari jarima maydonida xavfli hujum tashkil qildi. Ammo bu holatda namanganliklarning 13-raqamli futbolchisi mezbonlar posboni to‘pni ushlamoqchi bo‘lgan paytda unga butsasi bilan zarba berdi. Bosh hakam Abdurashid Xudoyberganov mehmonlar a’zosiga hech qanday kartochka ko‘rsatmagan holda jarima zarbasi belgiladi.  
 
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda «Navbahor» futbolchisi raqib darvozaboni hududida posbonga nisbatan qo‘pol harakat qilgan. Bunday holatda himoyachiga sariq kartochka ko‘rsatilishi kerak edi. Shu sababdan, Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarori noto‘g‘ri ekanini ma’lum qiladi.

2-vaziyat. «So‘g‘diyona» - «Nasaf» o‘yini: qizil kartochka.

«So‘g‘diyona» - «Nasaf» bahsining 50-daqiqasida mezbonlarning 4-raqamli a’zosi  O. Ahadov raqib hujumchisini birga-bir vaziyatga chiqib borayotganda ochiqchasiga ortdan to‘xtatib qoldi. Bosh hakam Asker Najafaliyev dastlab futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatgan. Ammo VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgandan so‘ng jizzaxliklar vakilini maydondan chetlatdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu holatda futbolchi qulay vaziyatga chiqib borayotgan raqibini so‘nggi umid foli orqali to‘xtatdi va qarshiliklarning istiqbolli hujumini yo‘qqa chiqardi. Bu kabi hollarda fol qayd etgan futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatilishi lozim. Hakamning qizil kartochka bo‘yicha chiqargan qarori to‘g‘ri, deb topildi.

3-vaziyat. «Olimpik» - OKMK to‘qnashuvi: bahsli penalti.

«Olimpik» - OKMK uchrashuvining 78-daqiqasida mehmonlarning 18-raqamli futbolchisi raqibi darvozasi tomon hujum amalga oshirdi. U mezbonlar himoyachisini aldab o‘tayotgan chog‘da to‘p «Olimpik» vakilining qo‘liga tegdi. Bosh hakam Olim To‘ychiboyev nuqtaga ishora qildi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda to‘p futbolchining notabiiy tarzda turgan qo‘liga tegib, yo‘nalishini o‘zgartirgan. Penalti belgilash uchum asos yetarli va shu sabab, komissiya tomonidan hakamning qarori to‘g‘ri, deb hisoblandi.

Manba: uzfhm.uz
Kiritildi: 19:58, 18.06.2024.
O'qildi: 2207 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.