Kirish Ro'yxatdan o'tish

London klubi futbolchisiga APL klublari da’vogar

London klubi futbolchisiga APL klublari da’vogar

Baho:
+ | -

Ma’lumotlarga ko‘ra, Angliya premyer-ligasining ikki klubi "Kristal Pelas" yulduzi Mark Gexi uchun kurashga kirishgan.

Gexi uch mavsum davomida London klubi safida ajoyib formada bo‘ldi, u Angliyaning orqa chizig‘ida Jon Stounz bilan birga "uch sherlar"ning Serbiyaga qarshi bahsida o‘ynadi.

Caught Offside xabarida aytilishicha, “Arsenal” va “Nyukasl” 23 yoshli markaziy himoyachini sotib olmoqchi.

Nashrning ta’kidlashicha, "Pela" Gexini taxminan 50 million funt sterlingga baholagan, "Nyukasl" va "Arsenal" buni juda yuqori narx deb bilishadi.

Daily Mail'ning ta’kidlashicha, keyingi mavsum oldidan Gexiga qiziqish bildirayotgan klublar orasida "Manchester Yunayted", "Tottenxem" va "Liverpul" ham bor.

Kiritildi: 22:26, 18.06.2024.
O'qildi: 1168 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик