Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Ilyos Qurbonov: «Jamoada psixologik jihatdan qo‘rquv bor»

Ilyos Qurbonov: «Jamoada psixologik jihatdan qo‘rquv bor»

Baho:
+ | -

Superliga 12-turidan o‘rin olgan "Surxon" – "Metallurg" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar murabbiyi Ilyos Qurbonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Nima ham deyman. Birinchi bo‘lib gol urdik. Raqibni qanday futbol o‘ynashini bilar edik. Intensiv va mobil. Aynan shu sababli ikkinchi raqamda o‘ynashni reja qilgan edik. Ilk bo‘limda bizda juda ko‘p vaziyatlar bo‘ldi, ammo sifat yetishmadi. Shunga qaramay, oldinga chiqib oldik. Keyin, bir kishi ko‘p bo‘lgach ikkinchi taymda to‘pni ko‘proq nazorat qilishni so‘radik. Tempni tushirmoqchi edik, afsuski uddalay olmadik. Jamoada psixologik jihatdan qo‘rquv bor. Yigitlar ishonchli o‘yin namoyish eta olmadi. O‘yinni tahlil qilib xato va kamchiliklar ustida ishlaymiz.

To‘g‘ri, bizda 8-9 yildan beri to‘p tepayotgan mahoratli futbolchilar mavjud. Biz birinchi taymda hisobda oldinda bora turib, so‘nggi daqiqalarda bir necha bor gol o‘tkazib yubordik. Konsenstrasiya yo‘qolmoqda. Futbol shunday o‘yin. Menimcha, ruhiy tayyorgarlik masalasida muammolar bor. Futbolchilar maydonda qo‘rqmay harakat qilishi kerak, ammo buni uddalay olishmayapti. Xatolar ko‘payib ketdi.

Futbolda ishonchsizlik va qo‘rquv bo‘lsa futbolchini yuragi tezroq uradi. Mondraj holatda tezroq charchoq boshlanadi. Jamoamizda yoshi kattaroq futbolchilar ko‘proq. "Surxon" tarkibida aksincha, asosan yoshlar harakat qiladi. Balki, shu faktor sababli bizni jamoa tezroq charchab qolgandir. Bizni oldingi murabbiyimiz aynan jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mutaxassis edi. Afsuski, hayajon bo‘lganda qaror qabul qilishda muammolar yuzaga keldi.

To‘g‘ri, bugun 3 ochkodan quruq qoldik. E’tibor qilgan bo‘lsangiz, hisobda oldinda borayotgan paytimizda himoyachimizda zo‘r imkoniyat bo‘ldi, biroq foydalana olmadik. Futbolda "sen urmasang, senga urishadi", degan naql bor. Yigitlarga, raqibni oldinroqda kutib olishimiz kerakligini ta’kidladik. Qanotlarga urg‘u berish kerak edi, ammo bizdagi ishonchsizlik sababli to‘pni ular nazorat qilishdi. Ikkinchi golni urganimizda, hammasi hal bo‘lar edi. Afsuski, hujumda sifat yetishmayapti.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 05:21, 20.06.2024.
O'qildi: 973 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик