Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Vadim Abramov: «Ajoyib futbol atmosferasi bo‘ldi, durang uchun «Dinamo» muxlislaridan uzr so‘rayman»

Vadim Abramov: «Ajoyib futbol atmosferasi bo‘ldi, durang uchun «Dinamo» muxlislaridan uzr so‘rayman»

Baho:
+ | -

Superliga 12-turi doirasidagi «Dinamo» — «Andijon» uchrashuvidan keyin Vadim Abramov stadionni to‘ldirgan minglab muxlislarga minnatdorchilik bildirib, durang uchun uzr so‘radi.

— Afsuski, g‘alaba qozona olmadik, Samarqandda ajoyib futbol atmosferasini yaratgan muxlislardan uzr so‘rashni istardim, bayramga yarasha natija bo‘lmadi. Yutish kerak edi, ammo birinchi bo‘limda yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik. Ayniqsa, qarshi hujumlarda xavfli edik, ammo ikkinchi golni ura olmadik. Ikkinchi bo‘limda esa Yagr yakkama-yakka vaziyatdan foydalanishda omad undan yuz o‘girdi. Sen urmasang raqib uradi, deyishadi. Shunday bo‘ldi. Adashmasam, yagona zarbasi golga aylandi. Shunaqasi bo‘lib turadi.

— Bugungi o‘yinda stadion to‘ldi, ochilish marosimi edi, qolaversa Samarqandning bir qator taniqli tadbirkorlari shu yerda ekanini ko‘rdik. Bu jamoaga qo‘shimcha bosim yuklamadimi?

— Ochilish bahsi o‘yinchilarga biroz bosim yuklashi tabiiy, chunki odatdagi o‘yinimizni to‘liq o‘yin davomida ko‘rsata olmadik. Shunga qaramay, birinchi bo‘limda vaziyatlar yarata oldik, ammo ikkinchi bo‘limda o‘z o‘yinimizni ko‘rsata olmadik. Samarqandlik muxlislar bugungi futbol bayramida g‘alabaga haqli edilar. Stadion so‘nggi daqiqagacha qo‘llab-quvvatladi, o‘yindan keyin olqishladi, demak o‘yinimiz ularga qay darajada bo‘lsa ham yoqqan bo‘lsa kerak. Keyingi o‘yinlarga ularni xursand qilishga intilamiz.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 00:12, 23.06.2024.
O'qildi: 1238 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик