Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

UYEFA Vengriya terma jamoasining dahshatli jarohat olgan futbolchisiga yordam ko‘rsatish uchun uzoq vaqt ketgani haqidagi ayblovlarni rad etdi

UYEFA Vengriya terma jamoasining dahshatli jarohat olgan futbolchisiga yordam ko‘rsatish uchun uzoq vaqt ketgani haqidagi ayblovlarni rad etdi

Baho:
+ | -

Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) vengriya terma jamoasi hujumchisi Barnabas Varganing jarohatiga shifokorlar jamoasi sust munosabatda bo‘lgani haqidagi tanqidlarga javob qaytardi.

Varga Yevro-2024 o‘yinining ikkinchi yarmida Shotlandiya darvozaboni Angus Gann bilan to‘qnashuv natijasida yuz suyagi singan va miyasi chayqalgan. 26 yoshli futbolchi hushini yo‘qotib, maydonga yotib, talvasali harakatlar qildi. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgandan so‘ng Varga zambilda maydondan olib ketilgan va shifoxonaga yetkazilgan. Vengriyalik forvardning ahvoli barqaror va operasiya qilingan.

Vengriyalik yarim himoyachi Dominik Soboslaining o‘zi Varga tezroq yordam olishi uchun zambilni ushlab oldi va o‘yindan so‘ng shifokorlar darhol maydonga yugurib chiqmaganidan noroziligini bildirdi. Biroq, UYEFA hamma narsa protokolga muvofiq amalga oshirilganini da’vo qilmoqda.

Kiritildi: 22:43, 24.06.2024.
O'qildi: 1064 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик