Gruziya terma jamoasi hujumchisi Xvicha Kvarasxeliya Yevro-2024 guruh bosqichining Portugaliyaga qarshi o‘yinida Krishtianu Ronaldu bilan bo‘ladigan qarama-qarshilikdan oldin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Men asabiy emasman. Ronalduga qarshi o‘ynashni orzu qilardim. U Yevroda boshqa ishtirok etmasligi mumkin, lekin orzulari ushaladi. Umid qilamanki, u menga futbolkasini beradi", - deya Kvarasxeliyadan iqtibos keltiradi RB Sport.