Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Mirjalol Qosimov: «Bugun hech kimning xayoli joyida emasdi»

Mirjalol Qosimov: «Bugun hech kimning xayoli joyida emasdi»

Baho:
+ | -

Superliga 13-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" – OKMK (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Natija uchun o‘zimiz aybdormiz. "Qizilqum"ni g‘alaba bilan tabriklayman. O‘zimiz raqibga imkoniyat yaratib berdik. Ruhan yutqazdik. Kuchli taraflarimiz ko‘p edi. Imkonim bo‘lganida 7-8 ta futbolchini almashtirib yuborgan bo‘lar edim. Ular xayolan ta’tilga chiqib ketishgan edi. Qancha takrorlamay, ularga buni singdira olmadim. Hech kimning xayoli joyda emas edi.

Ko‘p gol urganimiz yaxshi, ko‘p o‘tkazib yuborganimiz esa yomon. Bu o‘z-o‘zidan aytib turibdiki, jamoamiz muxlislarga yoqadigan futbol namoyish etmoqda. Hujumkor futbol o‘ynaganimiz sababli qarshi hujumda to‘p o‘tkazib yubordik.

Yosh futbolchilarga to‘liq ishonib bo‘lmaydi. Ular bir o‘yinni yaxshi o‘ynab, keyin 5 ta bahsda umuman ko‘zga tashlanmasligi mumkin. 30-35 yoshli futbolchilar stabil harakat qiladi. Tajribasi yordamida jamoaga yordam beradi. Biz uchun kim uchrashuvga tayyor ekanligi ko‘proq muhim. 15 yoki 35 yosh ekanligini farqi yo‘q. Ular jamoa uchun harakat qilishi shart.

Albatta, tarkibni kuchaytirish lozim. Transferlar bo‘lishi kerak. O‘tgan safar ham aytgan edim. Bu ish oson emas. Imkon qadar harakat qilamiz.

O‘tgan mavsumda agar, Nasafni so‘nggi turda yenganimizda chempionatni ikkinchi o‘rin bilan tugatishimiz mumkin edi. Agar oldingizga chempionlikni maqsad qilib qo‘ysangiz, davra yakunidagi o‘yinlar boshlanmasdan xayolan ta’tilga chiqib olish kerak emas. Mana shunday faktorlar bor.

Albatta, qizil kartochka o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Qo‘shimchasiga, havo haroratini ham baland ekanligi sezildi. Shunga qaramay, yigitlar oxirgacha kurash olib borishdi. Hech yo‘q, tenglashtirish uchun imkoniyatlar bo‘ldi.

Gadoyev ikkinchi davradan ortga qaytadi. 1 iyulda Qatarga uchib borib test topshiradi. Umid qilamanki, jamoamizga naf keltiradi. Azizga keladigan bo‘lsak, u juda ko‘p ishlashi kerak. Men uni dam olishiga yo‘l qo‘ymayman. O‘zi uchun harakat qilishi kerak. Shahar bedarvoza emas. Bu yerda, chidagan o‘ynaydi. Chidamaganlar bilan xayrlashamiz.

Imkon qadar yoshlarni kuzatyapman. Biz tez-tez asosiy va o‘rinbosarlar o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazib turamiz. U ham bizni jamoamiz. Ularni chetda qoldirmaganmiz. Yoshlarga yo‘nalish berishimiz mumkin, ammo harakat va tortib ketish ularni o‘ziga bog‘liq", — dedi Qosimov.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 05:19, 29.06.2024.
O'qildi: 2948 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.