Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Vadim Abramov: «Birinchi davra biz uchun tushunarsiz o‘tdi»

Vadim Abramov: «Birinchi davra biz uchun tushunarsiz o‘tdi»

Baho:
+ | -

Superliga 13-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" – "Dinamo" (4:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Hammangiz ko‘rdingiz. Biz birinchi bo‘limga kiyinish xonasini o‘zidayoq gol o‘tkazib yuborgan xolda chiqdik. Vaholanki, ikkita imkoniyatga ega bo‘ldik. Raqib futbolchisi deyarli maydon markazidan boshlab hammani aldab o‘tishni boshladi. Men uzoqdan Leo Messi deb o‘ylab qoldim. Himoyachilar uni kuzatib, tomosha qilib turibdi. Bunday o‘ynab bo‘lmaydi. O‘zimiz imkon yaratdik, ammo darrov javob berdik. Keyin yana ahmoqona xatolar sababli gol o‘tkazib yubordik. Biz uchun yoqimsiz bo‘lsa-da, g‘alaba bilan raqibni tabriklayman. Bundan kerakli xulosalarni chiqaramiz. Bugun barcha kuchsiz tomonlarimiz ko‘zga tashlandi. Tanaffus paytida, kerakli choralarni qo‘llaymiz. Biz ham buni ko‘rib turibmiz. Vaqt ko‘rsatadi.

Albatta, darvozabon 4 gol o‘tkazib yubormoqda. Bizni qo‘llab yuborishi mumkin edi, ammo bunday bo‘lmadi. Ayniqsa, to‘rtinchi golda bu yaqqol ko‘zga tashlandi. Futbolda qoida bor. Himoyachi to‘p uchun kurashayotganda darvozabon o‘z pozisiyasida bo‘lishi lozim. U bizga yordam bermoqchi edi. U birinchi bo‘limda ham bir necha bor to‘pga chiqishda xato qilgan edi.

Bizning rejamizda umuman gol o‘tkazib yuborish yo‘q edi. Afsuski, futbolchilarimiz o‘yin boshida uyqudan tura olmadi. Juda osonlik bilan raqiblar ikkita gol kiritishdi. Birinchi bo‘limni o‘zidayoq gol kiritib hisobni tenglashtirishimiz mumkin edi, ammo eplay olmadik. Ikkinchi 45 daqiqalikda vaziyat tenglashdi, ammo uchinchi golni o‘tkazgach, keraksiz bo‘lgan shoshqaloqlik namoyish etdik. Umuman, noto‘g‘ri o‘yin ko‘rsatdik. Hammasini tomosha qilib, xulosa qilamiz. Birinchi davra biz uchun juda tushunarsiz o‘tdi.

Payqaganingizdek, Jurani juda katta hajmdagi ishni maydonda bajarmoqda. Biz unga maydonda yordam berishga qodir futbolchilarni tarkibga qo‘shib olishimiz lozim. Keling, oldinlab ketmaylik. Uning shartnomasi bor. Bir dona o‘yin hech narsani anglatmaydi. Bugun, maydonda o‘zini ko‘rsata olmagan futbolchilar keyingi bahslarda yaxshi ishtirok etishi mumkin. Shu bois, erta xulosa chiqarmaslik lozim", — dedi Abramov.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 05:29, 29.06.2024.
O'qildi: 1231 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.