Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Ro‘ziqul Berdiyev: "Kuchli raqibdan 3 ochko olish yoqimli"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Kuchli raqibdan 3 ochko olish yoqimli"

Baho:
+ | -

Superliga 5-turidan o‘rin olgan "Nasaf" – "Navbahor" (3:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Bugungi raqibimiz juda tajribali futbolchilarga ega ekanligi va yaxshi o‘yin namoyish etishini kutgan edik. "Navbahor" bellashuvni 5 ta himoyachi bilan boshlashini kutmagan edik. Biz o‘yinni anglab olguminizga qadar, 2 ta gol o‘tkazib yubordik. Shunga qaramasdan, ishonch bor ekanligi g‘alabaning asosiy omili bo‘ldi. Ikki marotaba orqada borib ham, yigitlar oxirigacha kurashdi. Kuchli raqib bilan uchrashuvda 3 ochko ishlash doim yoqimli.

Penaltini futbolchilarning o‘ziga qoldirgan edik bu masalani. Maydonda Abduvohid va Marko kelishgan xolda qaror qabul qilishdi va bu to‘g‘ri bo‘lib chiqdi.

Albatta, biz yana ham kuchliroq bo‘lishimiz kerak. Davralar oralig‘idia ba’zi bir variantlarni ko‘rib chiqamiz.

Sherzodning legionerga aylanishi haqida menda hech qanday ma’lumot yo‘q. O‘zi ham bu haqida hech narsa degani yo‘q. Abduvoxidning o‘zi taklif bo‘lganini kelib tushuntirdi. Uning biz uchun qay darajada muhim ekanligini yaxshi bilasizlar. Qayerdadir yozishibdi. Uni ikkinchi darvozabon sifatida ko‘rishayotgan ekan. Ne’matov ikkinchi raqamdagi posbon emas. Bu noto‘g‘ri bo‘ladi. Eron chempionati uni birdan o‘sib ketishiga imkon bermaydi. Menimcha, "Nasaf" va olimpiya terma jamoasining darajasi "Istiqlol" yoki "Persapolis"nikidan balandroq. U bilan gaplashib oldik. Hech qanday e’tiroz bildirgani yo‘q.

Biz uzoq yillardan beri ular bilan birga ishlaymiz. Bu futolda juda muhim. Eng muhim ikkita narsa bor. Ular konsentrasiya va motivasiya. Futbolchi busiz maydonga chiqmasligi kerak. Busiz maydonda hech narsa ko‘rsata olmaydi. Ba’zi bellashuvlarda ushbu jihatlar yetmay qoladi, ammo bu ko‘proq futbolchiga bog‘liq. Ular ba’zan oddiy jamoalar bilan o‘yinda yetishmaydi. Hech kimni darajasini ajratmay harakat qilish kerak.

Bu borada ishlayapmiz. Raqibning himoyasini ochish uchun gol kiritishimiz kerak. Afsuski, buni ba’zan uddalay olmayapmiz. "So‘g‘diyona" bilan bahsda zarbalar soni 23:3 ko‘rinishda bo‘lgan. Afsuski, ba’zan o‘xshamaydi", - dedi Berdiyev.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 03:29, 01.07.2024.
O'qildi: 1599 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.