Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Mbappening jarohati: tashxis yoki shov-shuv?!

Mbappening jarohati: tashxis yoki shov-shuv?!

Baho:
+ | -

Bugun Fransiya termasi o‘ynaydi. Ammo meni bu o‘yin emas, balki burni singan Mbappe masalasi ko‘proq qiziqtirmoqda.

Gap shundaki, Kilianga “Burun sinishi” tashxisi qo‘yilishiyu, uning bunchalar tez maydonga qaytishi mutaxassis sifatida meni biroz o‘ylantirib qo‘ydi.

Futbol tibbiyotida qay holatlarda bunday tashxis qo‘yilishi, uning turli og‘irlik darajasiyu futbolchi qanday muolajalar olishi kerakligi hamda qancha muddat o‘tgach maydonga qaytishi borasida aniq ko‘rsatmalar mavjud. Mbappe holatida mazkur tibbiy qoidalar shunchaki chippakka chiqqandek.

Burun sinishidek jiddiy tashxisdan so‘ng Kilian kamida qolgan guruh bosqich o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi kerak edi. Lekin u nafaqat guruhning so‘nggi o‘yinida maydonga tushdi, balki jarohatdan keyingi kunning o‘zidayoq mashg‘ulotlarda qatnashib, o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishga ham ulgurdi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tay: burun – bosh suyagini tashkil qiluvchi asosiy qismlardan biri. Burunga yetkazilgan jarohatdan so‘ng sinishdek jiddiy tashxis qo‘yildimi, demak o‘z navbatida bu bosh miyaga ham sezilarli ziyon yetdi degan gap. Bunday vaziyatda shifokorga burunning biroz qiyshayib qolishidan ko‘ra, kelgusida asorat qolmasligi uchun bosh miyani profilaktik davo kursini o‘tkazish haqida qayg‘urishi uqtiriladi. Bunda o‘z-o‘zidan intensiv mashg‘ulotlarda qatnashish cheklanishi lozim.

Xullas, Mbappening burun sinishi atrofidagi ma’lumotlar kamina uchun professional xarakterga ega bo‘lmadi. Barcha chet el saytlarini titkilab chiqib, Kilianga qo‘yilgan aniq tibbiy tashxis tafsilotlarini hanuzgacha topa olmadim.

Bu o‘rinda fransuz hamkasblarimga qarshi biror gap aytishdan yiroqman, ammo bu yerda biz bilmagan boshqa holatlar borligi aniq.

Alal oqibat Mbappe burnida operasiya o‘tkazilgan taqdirda ham (agar o‘tkazilsa) bu burun sinishidek jiddiy tashxis emas, balki ushbu tashxis ortida ko‘rilgan burunning tog‘ay qismi jarohati va uni to‘g‘rilash uchun qilingan kosmetik jarrohlik amaliyoti bo‘lib chiqadi. Muxlislar uchun uni qanday sarlavhalar ostida yoritilishi esa umuman boshqa masala...

Abror Pirriyev

Manba: https://t.me/abrorpirmuhammad
Kiritildi: 19:56, 01.07.2024.
O'qildi: 2174 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик