"Bunyodkor" hujumchisi Amirbek Saidov faoliyatini Serbiya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi. 18 yoshli futbolchi "Edinstvo" jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Amirbek 2023 yilning noyabr oyida Indoneziyada o‘tkazilgan U17 jahon chempionatida ishtirok etib, 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Saidov 2024 yilgi mavsumdan boshlab "Bunyodkor"ning asosiy jamoasiga o‘tkazildi.
”Edinstvo” jamoasi Serbiya Birinchi Ligasida 2-o‘rin o‘rinni egallagan holda SuperLiga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.