Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston 2035 yilgi Osiyo kubogini o‘tkazishi mumkin

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston 2035 yilgi Osiyo kubogini o‘tkazishi mumkin

Baho:
+ | -

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston 2035 yilgi Osiyo kubogini birgalikda o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Markaziy Osiyoning uchta davlati — Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston 2035 yilda Osiyo Futbol Konfederasiyasiga (OFK) futbol bo‘yicha Osiyo milliy terma jamoalarining asosiy musobaqasini o‘tkazish uchun qo‘shma ariza berish niyatida. Bu haqda sport eksperti Alisher Nikimbayev o‘zining “Futbolium” telegram kanalida obunachilar bilan interaktiv suhbatda ma’lum qildi.

“Nega uch qo‘shni davlat Osiyo kubogini birgalikda o‘tkazishi mumkin emas?” degan savolga mutaxassis shunday javob berdi:

"Rasmiy gapirishga haqqim yo‘q. Ammo men tushunishimcha, 2035 yil uchun hammasi shunday rejalashtirilgan. Va bunga OFKdan norasmiy xayrixohlik allaqachon mavjud".

Shu bilan birga, savol bilan murojaat qilgan obunachi turnirni o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligini, xususan, Bishkekda yangi stadion qurilayotgani, eskilari rekonstruksiya qilinayotganini aytib o‘tgan.

“Dushanbe va Xo‘jandni tartibga keltirsa bo‘ladi. O‘zbekistonda esa, FIFA talablariga javob beradigan bir nechta stadionlar mavjud”.

O‘zbekiston U20 hamda U23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogiga mezbonlik qilgan. Mamlakat yirik xalqaro futbol musobaqalariga mezbonlik qilish tajribasiga ega. 2023 yilda Qirg‘iziston va O‘zbekiston hamkorlikda birinchi marta kattalar o‘rtasidagi CAFA Cup musobaqasiga mezbonlik qildi.

Ma’lumot uchun, musobaqa mezbonlari avtomatik tarzda Osiyo kubogida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

2023 yilning may oyida Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi (CAFA) prezidenti Emomali Rustam tashkilot kongressida 2031 yoki 2035 yillarda Osiyo kubogi final bosqichini o‘tkazish uchun qo‘shma ariza topshirish rejasini e’lon qilgan edi.

Emomali Rustam o‘z nutqida mintaqa tarixda hech qachon Osiyo kubogining final bosqichiga mezbonlik qilmaganini ta’kidladi.

“Menimcha, vaqti keldi. Mintaqamiz juda kuchli jamoalardan iborat va ishonchim komilki, biz qardosh davlatlar bilan birgalikda Osiyo chempionatining final bosqichini yuqori saviyada o‘tkazamiz”, — dedi CAFA prezidenti.

Shundan so‘ng Osiyo Futbol Konfederasiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va mintaqa terma jamoalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini o‘tkazishga munosib ekanini ta’kidladi.

Osiyo Kubogi (OFK) 1956 yildan buyon har 4 yilda bir marta o‘tkazib kelinmoqda va jahon chempionatidan bir yil o‘tib o‘tkaziladi. Yaponiya terma jamoasi 4 bora bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.

2023 yilda o‘tkazilgan so‘nggi turnir mezbon Qatar terma jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi mezbon jamoaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib, chorak finalda o‘z yurishini to‘xtatgan edi.

Navbatdagi Osiyo kubogi 2027 yilda bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:20, 04.07.2024.
O'qildi: 2278 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.