Yosh vinger Lamin Yamal mavsumni "Barselona"da asosiy o‘yinchi sifatida o‘tkazdi, lekin bu bilan to‘xtamadi: Yevro-2024da u chorak finalga qadar yetib borgan Ispaniya terma jamoasida muhim rol o‘ynaydi.
"Endi futbolda yosh chegarasi yo‘q. Buni Jamol Musiala bilan ko‘rdik. U asosiy tarkibga kelganida, mashinani haydab keta oladimi yoki yo‘q, bilmasdik", dedi 38 yoshli darvozabon Ispaniyaga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.