Londonning “Tottenxem” klubi sobiq hujumchisi Roman Pavlyuchenko Yevropa chempionati-2024 chorak finali doirasidagi Niderlandiya – Turkiya o‘yini uchun o‘z taxminlarini aytdi.
“Turkiya uchun chorak final maksimal bosqich hisoblanadi. Niderlandiya boshqa darajadagi jamoa. Ruminiya bilan o‘tgan turda jamoa unchalik kuch sarflamadi.
Men Niderlandiyaning g‘alaba qozonishini kutyapman", - deya Pavlyuchenkoning so‘zlarini keltiradi "Vseprosport".