Rossiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Andrey Arshavin 39 yoshli hujumchi Krishtianu Ronalduning 2024 yilgi Yevropa chempionatidagi o‘yini haqida gapirdi:
"U o‘yinni sekinlashtirdi, demagan bo‘lardim. Jahon chempionatida u jamoaga ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatdi, ammo Yevroda o‘z roli asosiy emasligini tushundi.
U 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin", dedi Arshavin “Match” telekanalida.