Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

"Inter" "Bavariya"ning janubiy koreyalik himoyachisiga ko‘z tikmoqda

"Inter" "Bavariya"ning janubiy koreyalik himoyachisiga ko‘z tikmoqda

Baho:
+ | -

"Inter" yozgi transfer oynasida markaziy himoyachi pozisiyasini kuchaytirmoqchi.

La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, milanliklar klubi "Bavariya" futbolchisi Kim Min Chjega qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, Yan Zommer va Benjamin Pavar transferlaridan so‘ng klublar o‘rtasida yaxshi munosabatlar o‘rnatilgan.

Shu bilan birga, Kimning "Inter"ga kelishining yagona yo‘li - bu ijara, "Bavariya" esa futbolchini qo‘yib yuborishga qarshi emas.

Eslatib o‘tamiz, janubiy koreyalik futbolchi “Napoli”dan 50 million yevro evaziga transfer qilinganidan so‘ng 2023 yilning iyulidan beri myunxenliklar safida o‘ynab kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Joriy mavsumda Kim klub uchun 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 22:10, 07.07.2024.
O'qildi: 1056 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик