Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

"Uimbldon". Medvedev chorak finalga yo‘l oldi

"Uimbldon". Medvedev chorak finalga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Rossiyaning birinchi raqamli tennischisi Daniil Medvedev raqibi bolgariyalik Grigor Dimitrov jarohati sabab musobaqani tark etgach, "Uimbldon"ning chorak finalchisiga aylandi.

Uchrashuv birinchi setda 5:3 hisobida Medvedevning foydasiga hal bo‘layotgan paytda to‘xtatilgan. Unga yordam ko‘rsatilgach, Dimitrov og‘riqli qadam tashladi va darhol o‘ynashdan bosh tortdi.

Chorak finalda Medvedev dunyoning birinchi raqamli tennischisi, italiyalik Yannik Sinner bilan uchrashadi. Rossiyalik tennischi italiyalikka qarshi 11 o‘yinning oltitasida g‘alaba qozondi, ammo so‘nggi beshta uchrashuv, jumladan Avstraliya Ochiq chempionati finali Sinner foydasiga hal bo‘lgan.

O‘tgan yili Medvedev “Uimbldon”da yarim finalgacha yetib borgan va u yerda ispaniyalik Karlos Alkarasga uch setda mag‘lub bo‘lgandi.

Medvedev "Uimbldon" yakkalik bahslarida qatnashgan so‘nggi rossiyalik bo‘ldi.

Kiritildi: 09:26, 08.07.2024.
O'qildi: 536 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик