Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Rossiya chempionatining eng yaxshi yosh o‘yinchisi aniqlandi. Nomzodlar orasida Abbosbek Fayzullayev ham bor edi

Rossiya chempionatining eng yaxshi yosh o‘yinchisi aniqlandi. Nomzodlar orasida Abbosbek Fayzullayev ham bor edi

Baho:
+ | -

Rossiyaning nufuzli “Chempionat” nashri murabbiylar va klub sardorlari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazib, RPLning 2023—2024 yilgi mavsumining eng yaxshi yosh futbolchisini aniqladi.

Birinchi o‘rinni 164 ochko jamg‘argan “Dinamo” hujumchisi Konstantin Tyukavin egalladi. Ikkinchi o‘rinni o‘tgan mavsumda “Krilya Sovetov” klubida o‘ynagan “Lokomotiv" yarim himoyachisi Nikita Saltikov egalladi. Uning hisobida 41 ochko bor. Kuchli uchlikni “SSKA” klubi yarim himoyachisi  o‘zbekistonlik Abbosbek Fayzullayev 39 ochko bilan yakunlab berdi.

“RPLda mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi” mukofoti “Championat” sayti mavsum yakunida Rossiya chempionati klublari bosh murabbiylari va sardorlari o‘rtasida o‘tkaziladigan ovoz berish natijasi bilan aniqlanadi. So‘rovnomada 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirok etadi.

“Chempionatning navbatdagi kashfiyoti. “SSKA” iqtidorli o‘zbekistonlik futbolchi uchun atigi 500 ming yevro to‘lagan va bundan afsuslanmagani aniq. Boshlang‘ich tarkibdagi birinchi o‘yindayoq u darhol gol urdi. Mavsumning birinchi qismidan so‘ng Abbosbek jamoa bilan Osiyo Kubogiga yo‘l oldi va u yerda chorak finalga chiqdi. Abbosbek bir mavsumda klub yetakchisi bo‘lishga tayyor ekanligini ko‘rsatdi”, — deb yozadi “Championat.com” sayti.

Eslatib o‘tamiz, 20 yoshli Fayzullayev 2021 yildan 2023 yilgacha “Paxtakor”ning kattalar jamoasida to‘p surgan. Bu davrda u barcha turnirlarda 41 ta uchrashuvda qatnashib, 10 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 2023 yilning yozida Abbosbek “SSKA”ga o‘tdi. Bu davrda u barcha musobaqalarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchi Rossiya Premyer Ligasida “Mavsum kashfiyoti” sovrini egasiga aylandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:03, 09.07.2024.
O'qildi: 5050 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик