Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-1 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

"Metallurg-2024": birinchi davra sarhisobi

"Metallurg-2024": birinchi davra sarhisobi

Baho:
+ | -

Mamlakat milliy chempionati – Superliga-2024 musobaqasining birinchi davra bahslari "Metallurg" jamoasi uchun muvaffaqiyatli kechdi, deb ayta olmaymiz. Jamoa 13 ta o‘yinning yarmidan ko‘prog‘i – 7 tasida raqiblar bilan ochkolarni bo‘lib oldi. 6 ta bahsda esa imkoniyatni boy berdi. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi ham manfiy – 10:18.

Murabbiylar shtabi birinchi davraning 13 bahsida 21 nafar futbolchining xizmatidan foydalandi – 2 nafar darvozabon, 9 nafar himoyachi, 6 nafar yarim himoyachi va 4 nafar hujumchi.

Birinchi davrada "Metallurg"ning 6 nafar futbolchisi barcha 13 ta uchrashuvda maydonga tushishdi. Bular - Abrorbek Toshqo‘ziyev, Shahzodbek G‘ofurbekov, Ivan Yosovich, Sardor Abduraimov, Iskandar Shayqulov hamda Daler Sharipovlardir. Mirg‘iyos Sulaymonov, Ergash Ismoilov hamda Behruz Abdullayevlar esa faqtgina bittadan o‘yinda to‘p surishdi. O‘yinchilarning maydonda bo‘lishini daqiqalar misolida tahlil etadigan bo‘lsak, eng ko‘p o‘yin vaqti Abrorbek Toshqo‘ziyevda – 1126 daqiqa.

Jamoaning yetti nafar o‘yinchisi raqib darvozasiga gol kiritishni uddaladi. Ulardan yarim himoyachi Marko Milichkovich, hujumchilar Daler Sharipov va Shahzodbek Ubaydullayevlar 2 tadan gol mualliflari bo‘lishdi.

O‘yinlarni boshqarib borgan hakamlar "Metallurg"ning 13 nafar a’zosiga sariq kartochka ko‘rsatdi. Eng ko‘p ogohlantirilganlar – Rizo Yazdando‘st, Abrorbek Toshqo‘ziyev, Shahzodbek G‘ofurbekov, Ivan Yosovich, Iskandar Shayqulov hamda Daler Sharipovlardir. Mazkur futbolchilarimizda 3 tadan sariq kartochka bor. Abror Toshqo‘ziyev ogohlantirishlarining 2 tasini bitta o‘yinda olib, maydondan chetlatilgan. Iskandar Shayqulov esa davraning oxirgi uchrashuvda to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka oldi.

Quyida "Metallurg" futbolchilarining birinchi davradagi statistik ma’lumotlari e’tiboringizga havola etilmoqda. Batafsil tanishib, o‘zingiz xulosa chiqaring.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 23:55, 09.07.2024.
O'qildi: 841 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик