AQSH terma jamoasining sobiq futbolchisi Aleksi Lalas Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning 2024 yilgi Yevropa chempionatidagi o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Portugaliyaning Yevrodagi o‘yini Ronaldu uchun xayriya uchrashuvi bo‘ldi. Bu bosh murabbiy Roberto Martines yaratgan va Krishtianu qabul qilgan vaziyat. Oxir oqibat, u bu jamoaga zarar keltirdi", - dedi Lalas.