Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Shavkat Saidov: "Kolosovskiyning "Metallurg"ga kelishida Babayanning aloqasi yo‘q"

Shavkat Saidov: "Kolosovskiyning "Metallurg"ga kelishida Babayanning aloqasi yo‘q"

Baho:
+ | -

Kecha “Metallurg” klubiga kutilganidek Grigoriy Kolosovskiy rasman bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu tayinlov borasida har kim o‘z fikrini, munosabatini bildirmoqda. Muhimi, endi “Metallurg”da bosh murabbiy bor. Kutilgan ushbu tayinlovdan keyin Sports.uz jurnalisti klub bosh direktori Shavkat Saidov bilan suhbatlashdi.

— Nihoyat, “Metallurg” klubiga kutilgan bosh murabbiy tayinlandi. Nima uchun aynan Kolosovskiy variantiga to‘xtaldinglar? Bu barchani qiziqtiryapti.

— Kolosovskiydan oldin 3 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 9-10 nafar mutaxassisning short-listi tuzilib, rahbariyatga taqdim etilgandi. Masalan, birinchi variantda hoyimizning imkoniyatidan kelib chiqqan holda mahalliy yosh mutaxassislar bilan ishni davom ettirish, ikkinchi variantda esa yoshlar bilan ishlay oladigan murabbiy, bundan tashqari uchinchi variantda nomdor, taniqli murabbiylarning nomzodlari ham taqdim qilindi. Uzoq o‘rganib chiqildi. Rahbariyat bilan maslahatlashgan holda bugungi imkoniyatdan kelib chiqib, ikkinchi davraga kam vaqt qolganini inobatga olib, o‘zimizni mahalliy murabbiylarga imkoniyat berildi. OKMKdan A’zam Sherg‘oziyev va Muxtor Qurbonov bilan birga ishlash niyatimiz ham bor edi. Kolosovskiyni ulardan imkoniyati baland bo‘lganining sababi shuki, bir necha yillardan beri uzluksiz ravishda faol ish faoliyati bilan band. Shu bilan birga unda xalqaro tajriba ham bor. Yuqori maqsad qo‘yilgan klublarda u birinchi assistent bo‘lib ishlagan. Malakasi, bilimi, xalqaro tajribaga ham ega bo‘lgani va o‘rtada ish faoliyatida uzilish bo‘lmaganini hisobga olib, ushbu murabbiy nomzodida to‘xtadik. Yoshlar va kattalar bilan ham ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan. Bu yerda ham unga bir imkoniyat-da. Klubni Superligada olib qolsa, yana ishlashda davom etaveradi.

— Qancha muddatga shartnoma imzolandi?

— Yil oxirigacha.

— Grigoriy Kolosovskiy har doim Samvel Babayanning murabbiylar shtabida ishlab kelgan. Shu faktor tufayli uning “Metallurg”da ish boshlagani bejiz emas, tez orada Babayan ham Bekobod klubida ko‘rinish beradi, degan gap-so‘zlar avj oldi. Kolosovskiyning jamoada ish boshlaganida Babayanning roli qanchalik?

— Ikki oy oldin ijtimoiy tarmoqlarda shunaqa xabar tarqaldi. O‘tgan safargi intervyuimda sizga bu assossiz xabarligini aytib o‘tgandim. Bu safar ham aytaman. Yana qaytaraman: agar bunday murabbiylar kelsa jamoada o‘z-o‘zidan yuqori maqsadlar bo‘ladi. Balki yangi tarix ochilishi mumkin. Bunday mutaxassis kelsa xursand bo‘lamiz. Lekin Kolosovskiyning kelishi umuman Babayan bilan bog‘liq emas. Chunki Samvel Vyacheslavovichning “Navbahor”dan ketishi hamma uchun kutilmagan hol bo‘ldi. Negaki, namanganliklarni chempionlik uchun imkoniyati hali yo‘qolgani yo‘q. Bizga Kolosovskiyni taklif qilish ham bir muncha murakkabroq kechdi. Boisi, aloqaga chiqqanimizda hali “Navbahor” rahbariyati murabbiyni qo‘yib yubormagandi. Bu bizga noqulaylik tug‘dirdi. Ikki hafta davomida yangi bosh murabbiy nomini e’lon qila olmadik. “Navbahor” ham uni qo‘yib yubormoqchi emasdi. Uni jamoamizga kelishiga Babayanni aloqasi yo‘q. Buni bemalol 100 foiz ayta olaman. Bu gapimizdan hech qachon qaytmaymiz. Mabodo, “Metallurg” oldiga jiddiy vazifalar qo‘yilib, motivasiya bundan ham yuqori bo‘lsa, Samvel Babayan keladimi yoki boshqasimi, hamisha eshigimiz ochiq. Yangi tarix yozishga tayyormiz. Qachondir shunday bo‘lishini o‘zimiz ham orzu qilib yuribmiz.

— “Metallurg”da murabbiylar shtabi qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

— Bosh murabbiy Kolosovskiy, katta murabbiy Ilyos Qurbonov, darvoazbonlar murabbiyi Pavel Sinelnikov, shuningdek, Nozim Esanov ham bor. Tahlilchi murabbiyimiz ham bor. Hammasi joy-joyida. Taymensev kelgan. U bosh murabbiyga yordam beradi.

— Tarkibdagi o‘zgarishlar ham qiziqtiryapti. Legionerlar va yana ayrim o‘yinchilar ketganini eshitdik. Bu borada klubdagi oxirgi o‘zgarishlar haqida ma’lumot bera olasizmi?
— To‘g‘ri, shu bugungi kungacha uch nafar legioner bilan xayrlashdik. Jorjevich, Yazdando‘st va Davron Ergashev. Shuningdek, Ergash Ismoilov bilan do‘stona xayrlashdik. Jamoamizga iqtidorli himoyachi Odil Abdumajidovni qaytardik. U “Dinamo”ga ijaraga berilgandi. Hozircha tarkibimizda. Ammo unga yaxshi takliflar bo‘lishi qolishi ham mumkin. Yana bir himoyachi kutyapmiz. “Paxtakor”dan ijaraga Abbos Ergashboyevni oldik. Umumiy hisobda 3 ta yangi o‘yinchilarni kutyapmiz. Shartnoma imzolasak xabar beramiz. Hamma jamoa kabi biz ham kamchiliklarimizni tahlil qildik. Himoya, yarim himoya va hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchimiz. Birinchi davrada o‘yin bo‘yicha faqat “Olimpik”ga yutqazdik. O‘shanda chindan ham raqib oxirigacha bizdan bir kalla kuchli o‘ynagandi. “Dinamo”ga qarshi ikkinchi bo‘limda ham shunday bo‘lgandi. Qolgan uchrashuvlarning birortasida o‘yin bo‘yicha yutqazganimiz yo‘q. Hujumda yaqqol oqsayotganimiz ko‘rinib qoldi. Shu bois har bir chiziqqa yangi qon quymoqchimiz. Mana, yangi murabbiylarni olib keldik. Balki o‘z maydonimizda o‘ynaganimizda hozir ochkolarimiz ko‘proq bo‘lardi. Baribir bu ham katta faktor. Oldingi yillardagi statistikani qarasak o‘z uyimizdagi uchrashuvlarga 3-4 ming muxlis kelyotgandi. Ularni yordami juda muhim va bu narsa yetishmayotgani bizga bilinyapti. Ammo talab hamma uchun bir xil. O‘z uyimizda o‘ynasak ishqibozlar 12-o‘yinchi sifatida bizga yordam berishadi.

— Bekoboddagi stadionda ishlar qanday ketyapti?

— Barcha hujjatlar tayyorlangan. Faqat ruxsat berish qolgan xolos.

Shuhratbek Jo‘rayev.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 23:29, 13.07.2024.
O'qildi: 1293 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.