Daniyalik hujumchi Martin Braytvayt "Espanyol" klubini tark etadi. Bu haqda Kataloniya jamoasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Forvardning shartnomasi tugashiga bir yil qolgandi, biroq u shartnomani muddatidan oldin tugatishga imkon beruvchi banddan foydalandi.
Braytvayt 33 yoshda, daniyalik futbolchi o‘tgan mavsumdan oldin "Espanyol"da o‘ynagandi. O‘tgan mavsumda forvard sobiq jamoasi safida 22 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani ham amalga oshirdi.