Germaniyaning “RB Leypsig” klubi himoyachisi Muhammad Simakan Yevropaning ikki top-klubi manfaatlari doirasiga tushib qoldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Liverpul" va "Atletiko" klublari 24 yoshli fransiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Simakanning potensial transferi narxi 40-45 million yevroga baholanmoqda. Futbolchining o‘zi klubini o‘zgartirishga tayyor.
Muhammad Germaniya jamoasida 2021 yilning yozidan buyon o‘ynamoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirida tugaydi. Transfermarkt ekspertlari uning qiymatini 35 millionga baholamoqda.













