Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

"Andijon" futbolchisi Rossiya klubiga transfer qilindi

"Andijon" futbolchisi Rossiya klubiga transfer qilindi

Baho:
+ | -

Transfer oynasi ochilgan mahalda seleksiya ishlari yanada jiddiy tus olgan.  Ma’lumki, “Andijon” tarkibida ko‘plab iqtidorli, kelajagi porloq futbolchilar talaygina. Ular jamoa safida to‘p surish orqali o‘zlarini ko‘rsatishmoqda va ko‘plab skautlarning e’tiborini tortmoqda.

Qolaversa, jamoada transfer siyosati to‘g‘ri yo‘nalishda olib borilayotgani o‘z samarasini bermoqda. 

Jumladan, 21 yoshli yarim himoyachi, yoshlar terma jamoasi a’zosi Sherzod Esanovga Rossiyaning “Akron” jamoasidan jiddiy taklif tushdi. Natijada ikkala klub tomonidan olib borilgan muzokaralardan so‘ng Esanov “Akron” jamoasiga transfer qilindi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, “Andijon” klubidan ilk bor Rossiya Premyer-ligasiga o‘yinchi transfer qilinishi hamda shu yilning o‘zida jamoadan ikkinchi futbolchining (birinchi trasnfer Rubin Xebay) xorij klubiga sotilishi amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning mahsulidir.

Sherzod “Andijon” safiga 2022 yili qishda qo‘shilgan bo‘lib, qisqa fursat ichida o‘z iqtidorini namoyish qila oldi. O‘sha yilgi mavsumda Esanov “Andijon” safida chempionat va Kubok bahslarida hammasi bo‘lib, 18 ta o‘yinda maydonga tushib 3 ta gol urdi. O‘tgan yilgi mavsumni ham jamoamiz bilan birga boshladi va 5 ta o‘yinda qatnashdi. Ikkinchi davrada esa “Olimpik” klubiga ijaraga berildi. Joriy mavsum avvalida Esanov yana “Andijon”ga qaytdi. Mavsumning birinchi qismida u chempionat va Kubokda hammasi bo‘lib 15 ta bellashuvda ishtirok etib, 2 ta gol muallifiga aylandi hamda muxlislarning mehrini qozondi.

Sherzod bugun kechki payt Toshkent-Moskva yo‘nalishida jo‘nab ketdi. Faoliyatida ilk bor legionerga aylangan futbolchimizni yangi jamoasida katta qiziqish bilan kutishmoqda.

Uning yangi klubi Tolyattining “Akron” klubi ilk bor Rossiya premyer-ligasida ishtirok etmoqda. Esanovga “Andijon”dagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz va unga yangi klubida muvaffaqiyat tilaymiz.

Kiritildi: 22:24, 21.07.2024.
O'qildi: 2859 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.