Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

"Roma" Dovbikning "Atletiko"ga o‘tishiga halaqit qilmoqda

"Roma" Dovbikning "Atletiko"ga o‘tishiga halaqit qilmoqda

Baho:
+ | -

"Roma" "Jirona"dan Artem Dovbikni sotib olishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq 27 yoshli hujumchi "Atletiko" bilan shartnoma imzolashdan oldin kelishuvning yakuniy tafsilotlarini muhokama qilish uchun Madridga kelishi xabar qilingandi.

Insayder Janluka Di Marsioning so‘zlariga ko‘ra, Italiya klubi "Jirona" va "Atletiko"ning ukrainalik hujumchisi o‘rtasidagi muzokaralarga aralashishi mumkin.

Qayd etilishicha, bu klub katta ehtimol bilan "Roma" hisoblanadi. Rim klubi rahbariyati "Chelsi"ga qaytgan Romelu Lukaku o‘rniga hujumchi topish niyatida.

Shuningdek, ukrainalik forvard hali "Atletiko"ga o‘tishga yakuniy rozilik bermagani xabar qilingan.

Dovbik o‘tgan mavsum La Ligada 36 o‘yinda 24 ta gol urib, 8 ta golli uzatmani amalga oshirib, eng yaxshi to‘purarga aylandi.

Kiritildi: 22:41, 24.07.2024.
O'qildi: 1014 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик