Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Bonjour Paris: Bugun XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi

Bonjour Paris: Bugun XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi

Baho:
+ | -

Eyfel minorasi, Luvr muzeyi, Aleksandr III ko‘prigi... Dunyoning diqqatga sazovor bu maskanlari haqida so‘z ketganda beixtiyor ko‘z oldimizda ko‘hna qit’aning eng qadimiy shaharlaridan biri — go‘zal Parij gavdalanadi.

Ilk bor eramizdan avvalgi 52 yilda Yuliy Sezar qaydnomalarida tilga olingan bu qadimiy kent shu kunlarda butun dunyo diqqat markazida. Boisi bugun bu yerda to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi — XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari ochiladi.

Joriy yilning 26 iyul – 11 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan mazkur yirik sport anjumanida jahonning 206 ta mamlakatidan 10 ming nafardan ortiq sportchi ishtirok etadi. Quvonarlisi, ular safida yurtimizning 90 nafar eng mohir atleti 19 ta sport turining 75 ta yo‘llanmasi doirasida “Parij-2024” medallari uchun kurash olib boradi.

Ahamiyatlisi, olimpiyachilarimizning 36 foizi xotin-qizlardan iborat bo‘lib, bu yil an’anaviy sport turlaridan tashqari ilk bor futbol, suvga sakrash, kamondan otish, ayollar kurashi bahslarida ishtirok etmoqdamiz.

Sportchilarimiz tarkibida 4 nafar Olimpiada chempionlari — Ulug‘bek Rashitov (taekvando), Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika), Bahodir Jalolov (boks), Hasanboy Do‘smatov (boks) ishtirok etadi.

Delegasiyamiz bayroqdorlari — Abdumalik Xalokov (boks) va Zaynab Dayibekova (qilichbozlik).

Atletlarimizning eng yoshi katta a’zosi Olga Zabelinskaya (44 yosh, velosport) hisoblansa, eng yoshi kichkinasi — Amaliya Mamedova (15 yosh, badiiy gimnastika)dir.

Quvonarlisi, Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi futbolimiz tarixida ilk bor bunday nufuzli musobaqada ishtirok etmoqda. Vakillarimizga guruh bahslarida Yevropa grandi — Ispaniya, Ehromlar yurti — Misr hamda Dominikan Respublikasi futbolchilari raqiblik qilyapti.

Ta’kidlash lozimki, Olimpiada oldidan barcha terma jamoalarimiz ushbu nufuzli musobaqaga yuqori darajada hozirlik ko‘rdi. Buning uchun Prezidentimiz tomonidan atletlarimizga barcha shart-sharoitlar yaratilib, har bir sportchi bo‘yicha individual strategiya qabul qilindi va ularning saralash musobaqalari, mahalliy va xorijiy o‘quv-mashg‘ulotlardagi ishtiroki ta’minlandi.

15 ta olimpiya va paralimpiya markazida hamda viloyatlardagi sport bazalarida tayyorgarlik uchun zarur sharoitlar yaratildi. Shuningdek, sportchilar muntazam chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, tibbiy-biologik ta’minot va farmakologiya yo‘nalishlarida tizimli choralar ko‘rildi.

E’tiborlisi, bu yilgi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi birinchi marta stadion tashqarisida o‘tkaziladi. Tadbirda 10 ming 500 nafar sportchi Sena daryosi bo‘ylab qayiqlarda Parij markazidan suzib o‘tadi.

Ushbu ochiq havo konsepsiyasi “Parij-2024”ni tomoshabinlar soni va geografik qamrovi jihatidan eng katta ochilish marosimiga aylantirishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan so‘nggi yozgi Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar 3 ta oltin, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Kiritildi: 11:21, 26.07.2024.
O'qildi: 981 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.