Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

APLning yetakchi klublari da’vogarlik qilayotgan braziliyalik himoyachi "Nottingem Forest"da qolishga qaror qildi

APLning yetakchi klublari da’vogarlik qilayotgan braziliyalik himoyachi "Nottingem Forest"da qolishga qaror qildi

Baho:
+ | -

Himoyachi Murilyo yana bir mavsumni "Nottingem Forest"ga bag‘ishlashni rejalashtirayotganini aytdi.

"Nottingem Forest" bir yil avval Murilyoni "Korintians"dan 10 million funtga sotib olgandi. 22 yoshli braziliyalik futbolchi Premyer-ligaga a’lo darajada moslashdi va o‘tgan mavsum yakunida "o‘rmonchilar"ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

60 million funt sterlingga baholanayotgan Murilyo yoz boshida "Chelsi", "Tottenxem" va "Atletiko Madrid" kabi yirik klublar qiziqishiga sabab bo‘lgan edi, ammo himoyachi "Nottingem Forest"da qolishni rejalashtirmoqda.

"Menga muntazam o‘yin vaqti kerak va men o‘ylaymanki, "Forest" mening faoliyatim uchun eng yaxshi joy.

Bu yerda yana bir mavsum qolish menga o‘yinchi sifatida yetuklikka erishishga imkon beradi va yakunda agar bir kun boshqa saviyada o‘ynash imkoniga ega bo‘lsam, yaxshiroq tayyorlanaman.

Albatta, men Chempionlar ligasida o‘ynashni xohlayman. Men bolaligimda video o‘yinlar o‘ynaganman va bu jamoalarning barchasida o‘ynaganman.

Men Chempionlar Ligasi madhiyasini o‘yinlardan oldin eshitganimda, bu meni hayajonga solardi va bu musobaqada o‘ynash men uchun orzu bo‘lardi.

Ammo men bu yerdagi ishimga 100 foiz e’tiborimni qaratganman va men shunchaki bo‘lishim mumkin bo‘lgan eng zo‘r bo‘lishni xohlayman. "Forest" - o‘ziga xos tarzda ulkan klub va o‘zimni bu yerda yaxshi his qilaman" - dedi Murilyo The Telegraph nashriga.

Kiritildi: 21:33, 26.07.2024.
O'qildi: 835 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик