Hujumchi Antuan Grizmann "Los-Anjeles"ning radarida. AS USA ma’lum qilganidek, MLS vakillari "Grizmann rejasi" deb nomlangan dasturni ishga tushirishdi.
"Los-Anjeles" 33 yoshli fransiyalik futbolchini keyingi yozgacha kutmasdan, shu yozda sotib olmoqchi. "Los-Anjeles" Grizmanni MLSda ikkinchi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantirishga tayyor.
Qolaversa, ular Antuanni 10-raqam bilan ta’minlashga tayyor. Ayni vaqtda "Atletiko" bosh murabbiyi Diyego Simeone o‘zi muhim o‘yinchi deb bilgan Grizmanni yo‘qotmoqchi emasligi ta’kidlangan.