Parij prokuraturasi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimining badiiy rahbari Tomas Jolliga qarshi onlayn tahdidlar bo‘yicha tergov boshladi.
Jolli 30-iyul kuni o‘ziga nasl-nasabi kelib chiqishi bo‘yicha tuhmatlar va o‘lim tahdidi bo‘lgani sababli shikoyat bilan chiqqan.
U polisiyaga ijtimoiy tarmoqlarda uning jinsiy oriyentasiyasiga nisbatan tanqid va tahdidlar bo‘lganini yozdi.
Shuningdek, uni isroillik deb ataganlari uchun haqoratlar nishoniga aylangan.