Kirish Ro'yxatdan o'tish

Portugaliya Superkubogi. "Portu" "Sporting" bilan o‘yinda 0:3'ni 4:3'ga aylantirdi

Portugaliya Superkubogi. "Portu" "Sporting" bilan o‘yinda 0:3'ni 4:3'ga aylantirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Portugaliya Superkubogi bahsida (4:3) "Portu" "Sporting"dan uchta golli to‘p farqini yo‘qqa chiqarib, g‘alaba qozondi.

“Sporting” 24-daqiqagacha 3 ta gol urgan edi. Shundan so‘ng “Portu” uch marta gol urib, o‘yinni qo‘shimcha bo‘limga olib o‘tdi. 101-daqiqala g‘alaba golini ispaniyalik yarim himoyachi Ivan Xayme kiritdi.

"Portu" 24-marta rekord darajada ko‘p ushbu kubokni qo‘lga kiritdi. "Sporting" 9 tadan g‘alaba bilan "Benfika" bilan ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.

“Sporting” amaldagi mamlakat chempioni, “Portu” Portugaliya kubogi sohibi.

Sporting – Portu 3:4 (3:1, 0:2)
4 avgust, 00:15, «Aveyru»
Gollar: 1:0 – 6 Inasiu, 2:0 – 9 Pedru Gonsalvesh, 3:0 – 24 Kenda, 3:1 – 28 Galeno, 3:2 – 64 Niko Gonsales, 3:3 – 66 Galeno, 3:4 – 101 Xayme.
Sporting – Kovachevich, Inasiu (Fresneda, 101), Debast (Diomande, 90), Kuarejma, Pedru Gonsalvesh (Fernandesh, 101), Trinkau (Edvards, 83), Morita (Daniel Bragansa, 89), Yulmand (Ribeyru, 103), Katamu, Kenda, Dyokeresh.
Portu – Diogu Koshta, Martim, Otavio, Ze Pedru, Joau Mariu (Eushtakiu, 63), Gruyich (Xayme, 63), Varela, Niko Gonsales (Vashku Souza, 75), Galeno, Gonsalu Borjesh (Fran Navarro, 83), Namaso (Karmu, 105).
Ogohlantirishlar: Niko Gonsales (45+2), Varela (67), Kuarejma (72), Amorim (90+4), Otavio (97), Diomande (97).

Kiritildi: 03:40, 04.08.2024.
O'qildi: 1624 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.