Parijdagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida ayollar boksi bo‘yicha ishtirok etayotgan Jazoir vakili Iman Xelif Olimpiadada g‘olib chiqsa, oltin medalini Jazoir va arab mintaqasi mamlakatlariga bag‘ishlashini aytdi.
"Olimpiadada qatnashish imkoniyati o‘z qadr-qimmatim uchun kurashdir. Men ko‘p yillik mehnat va fidoyilikdan so‘ng ushbu o‘yinlarda oltin olib, uni Jazoirga, shuningdek, barcha arab mamlakatlariga bag‘ishlayman. Yashasin Jazoir!" - deya Xelifning so‘zlarini keltiradi Le Figaro.