«An-Nasr» markaziy himoyachisi Emerik Laport Ispaniyaga qaytishi mumkin.
Avvalroq 30 yoshli futbolchiga qiziqish «Real» tomonidan bo‘lgan bo‘lsa, endilikda «Manchester Siti»ning sobiq yulduziga da’vogarlar qatoriga Madridning yana bir klubi «Atletiko» qo‘shildi, deya xabar beradi jurnalist Matteo Moretto. «Matraschilar» Laportni o‘zlarining qisqa ro‘yxatiga kiritdilar, garchi ular hozirda hujum va yarim himoyani kuchaytirishga e’tibor qaratishmoqda.
Ispaniya terma jamoasining markaziy himoyachisi La Ligaga qaytish uchun maoshini sezilarli darajada kamaytirishga tayyor.