Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 0-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Parij-2024. Afsonaviy kurashchi faoliyatini yuqori nuqtada yakunladi

Parij-2024. Afsonaviy kurashchi faoliyatini yuqori nuqtada yakunladi

Baho:
+ | -

Mixain Lopes ketma-ket beshinchi bor Olimpiadada g‘olibi bo‘ldi. Sportchi ilk bor 2004 yilda Olimpiadada qatnashgan.

Asr voqeasi 6 avgustga to‘g‘ri keldi. Parijdagi Olimpiadada og‘ir vazn toifasida final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yunon-rim kurashi bo‘yicha 130 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Lopesning raqibi chililik Yasmani Fernandes bo‘ldi.
Jangning birinchi davri yakuniga ko‘ra, Mixain 3:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Uchrashuvning ikkinchi yarmida Lopes yana bir nechta samarali harakatlarni amalga oshirdi. Yakuniy hisob 6:0.

Kubalik sportchi Pekin-2008, London-2012, Rio-2016 va Tokio-2020da ham xuddi shu vaznda oltin medalga sazovor bo‘lgandi.

Sportchi hozirda 41 yoshda. Lopes individual ko‘rinishda ketma-ket 5 ta yozgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan tarixdagi birinchi sportchi bo‘ldi.

Jang tugaganidan so‘ng Lopes gilamda kurash poyabzalini yechdi va faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Kiritildi: 12:32, 07.08.2024.
O'qildi: 1031 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик