"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne o‘z imidjini biroz o‘zgartirdi.
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola futbolchilarni Yevro-2024dagi ishtiroki tufayli qo‘shimcha ta’tildan so‘ng ishga qaytishlarini kutib oldi. "Shaharliklar" ustozi De Bryuynening yangi soch turmagiga munosabat bildirmasdan qolmadi.
"Siz menga bu soch nima ekanligini tushuntirishingiz kerak!" - dedi Gvardiola De Bryuynega tabassum bilan.
"Manchester Siti" navbatdagi o‘yinini 10 avgust kuni Angliya Superkubogi uchun "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘tkazadi.