Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Nuri Shahin: «Bender va Pishchek aynan men jamoamda ko‘rishni xohlagan mutaxassislardir»

Nuri Shahin: «Bender va Pishchek aynan men jamoamda ko‘rishni xohlagan mutaxassislardir»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 14 iyun kuni Dortmundning «Borussiya» klubi jamoaning sobiq futbolchisi, bungacha «qovoqarilar» bosh murabbiyi Edin Terzich shtabida faoliyat olib borgan turkiyalik Nuri Shahinni yangi bosh murabbiy etib e’lon qilgandi.

Hozirgi kunda 35 yoshli mutaxassis o‘ziga yarasha nomdor jamoani bor g‘ayrat-shijoat bilan yangi mavsumga tayyorlamoqda. Quyida uning katta lavozimdagi ilk intervyusini e’tiboringizga havola qilamiz.

- Nuri Shahin, xush kelibsiz! Bizga vaqt ajratganingiz uchun tashakkur.

- Har doim tayyorman.

- Men so‘ramoqchi edimki, bugun «Borussiya»dek klub bosh murabbiyi ekanligingiz siz uchun qanchalik hayratlanarli?

- Ha, vaqt jihatidan hayratlanarli, albatta, chunki men Edin ishini davom ettiradi, deb o‘ylagandim, lekin uning ketishi aniq bo‘lgach, bu yaxshi va yoqimli syurpriz bo‘ldi.

- Siz uchun martaba rejasi bormi?

- Hech qachon bo‘lmagan, garchi odamlar bu haqda ko‘p gapirishsa ham. Men juda uzoq vaqtdan beri futbol biznesidaman va barchasi qanchalik tez o‘zgarishini yaxshi bilaman. Ertagayoq ko‘p narsa tom ma’noda o‘zgarishi mumkin. Shuning uchun menda martaba rejasi yo‘q. Hozir men qolishga va undan maksimal darajada foydalanishga harakat qilaman. Qolganlari o‘z-o‘zidan kelaveradi. Futbolchilik faoliyatimda shunday qildim. Endi esa bosh murabbiy yoki yordamchi sifatida davom etadi. Antaliyada men futbolchi edim va bundan juda baxtiyor edim. Keyin esa kutilmaganda jamoa bosh murabbiyiga aylandim. Shunday ekan, siz martaba rejasi haqida gapira olmaysiz.

- Murabbiylik lisenziyangiz yo‘qmi?

- Yo‘q, buni sezmayapman va tashvishlanmayman, hatto.

- O‘qishni tugatdingizmi?

- Yo‘q. Lekin tugataman, albatta. Hozircha o‘qishda davom etyapman. Aks holda, men bu yerda o‘tirolmasdim.

- Yo‘q, yo‘q. Men jarayonni nazarda tutyapman...

- Ha, Uelsda juda yaxshi tashkilot bor, shunda o‘qiyapman va aytishim kerakki, ishtirokchilar, instruktorlar bilan kurslar juda qiziqarli va quvnoq o‘tmoqda. 

- Qishda jamoaga yordamchi murabbiy sifatida kelganingizda, kelajakda uning bosh murabbiyi bo‘lishingiz mumkinligi haqida qandaydir alomatni sezdingizmi?

- Rostini aytsam, yo‘q. Bilaman, soyadagi murabbiylar va boshqa shunga o‘xshash mavzularda spekulyasiyalar bor va bu men uchun, albatta, Dortmundning «Borussiya» klubi murabbiyi bo‘lish orzusi. Lekin ular shunchaki shu martaba rejasi haqida gapirishdi. Demak, bu bilan mening martaba rejam bordek, lekin aslida u menda yo‘q. So‘nggi olti oy ichida qo‘limdan kelganini qildim va buni Edin baholashi mumkin. Buni Edin ham biladi, men boshidanoq o‘z hayotimni yordamchi murabbiy sifatida o‘tkazishni istamasligimni aytganman. Chunki men allaqachon bosh murabbiy sifatida ishlaganman va bu ishni his qilib bo‘lganman. Shunday qilib, bir kuni yana shu yo‘nalishda ketishim aniq edi. Hozir sodir bo‘lganligi esa men uchun yoqimli syurpriz bo‘ldi.

- Odamlar bilan, o‘yinchilar bilan muloqot qilishda siz uchun nima muhim?

- Rostgo‘ylik. Juda oddiy - rostgo‘ylik. Men uyda faqat rost gapiraman, odamlar bilan muomala qilishda to‘g‘riso‘zman va o‘yinchilar bilan ham shunday bo‘lishim kerak. Bunga o‘rgandim, ko‘rdim va murabbiyi mutlaqo rostgo‘y bo‘lgan futbolchi bo‘lishni yaxshi ko‘rardim. Bu ba’zan og‘riqli ham bo‘ladi. Albatta, murabbiyning to‘g‘ri fikrini eshitganingizda, o‘yinchi xafa bo‘lishi mumkin, bu esa salbiy oqibatlarga ham olib keladi. Lekin ortga qarab, har bir o‘yinchi buni otidan emas, balki yuziga aytganidan minnatdor bo‘ladi. Va inson sifatida ham bu holatda o‘yinchilarga to‘g‘ri fikr bildirishga harakat qilaman.

- Sizning yordamchilaringiz jamoada qanday rol o‘ynaydi?

- Markaziy va juda muhim o‘rin egallaydilar, shu bilan birga aniq javobgarlik sohalariga ega emaslar. Kichik bir misol: bugun kechqurun uchrashuvimiz bo‘lib o‘tdi va unda barcha yordamchi murabbiylar ishtirok etishdi. Har bir inson o‘z fikrini ochiq va to‘g‘ri aytishi men uchun juda muhimdir. Shu shaklda biz bosh murabbiy so‘zlariga har doim ham rozi bo‘lmaydigan madaniyatga ega bo‘lishimiz uchun muhokama qilishimiz mumkin. Bu men uchun juda muhim, chunki bir nechta ko‘zlar ko‘proq narsani ko‘radi. Shunday bo‘lsa-da, albatta, yakuniy qarorni men qabul qilishim kerak.

- Ko‘plab yordamchilar juda ixtisoslashgan. Menimcha, federasiyada hatto yon chiziqdan to‘p uzatish bo‘yicha murabbiy ham bor.

- Ha, bor. Rostini aytsam, bu bizning davrimizda zarur. Standartlar bo‘yicha murabbiy juda muhim. Mana, Chempionlar Ligasi finalini standartdan urilgan goldan keyin yutqazdik. Bundan tashqari, hozirda qancha gol, qancha o‘yinlarni standartlar hal qilayotganini ko‘rishingiz mumkin, chunki har bir jamoa juda yaxshi reja va tayyorlangan taktikaga ega. Bularning barchasi so‘nggi tafsilotlarga to‘g‘ri keladi va shuning uchun ular mavjud... Shunday qilib, men bu bilan hech qanday muammoga duch kelmayapman va muvaffaqiyat manfaatlariga mos keladigan har qanday narsa juda muhimdir.

- Nega Lukash Pishchekni taklif qildingiz?

- Chunki u menda ham insoniy va ham professional jihatdan katta taassurot qoldirdi. Pishchek bilan 2015 yildan beri birga tahlil qilib kelamiz. Men vaqti-vaqti bilan uning Polshadagi jamoasini tahlil qilardim, o‘z navbatida u ham. Biz ko‘p yillardan beri futbol haqida gaplashamiz. Sven Benderni almashtirish deyarli mumkin emas. Ulardan biri Lukash Pishchek edi. Sven Bender va Lukash Pishchek aynan men jamoamda ko‘rishni xohlagan mutaxassislardir.

- O‘yinni qurish g‘oyasini amalga oshirish uchun sizga boshqa o‘yinchilar kerakmi?

- Boshqa futbolchilar? Boshqa o‘yinchilar kerak yoki yo‘qligini bilmayman, lekin, albatta, biz Bad-Ragasda to‘liq tarkibda bo‘lishimizdan, mavsumimizda juda muhim rol o‘ynaydigan yigitlar qaytib kelishidan, ular bilan jarayonlarni o‘rgatish mumkinligidan xursandman. Ammo yoshlar ham qo‘lidan kelganicha harakat qilishadi. Albatta, men ularni Yevro yoki Amerika Kubogida bo‘lgan yigitlar kabi baholay olmayman.

- Seru Girassi «Borussiya»ga nima berishi mumkin?

- U Fyullkrug yoki Allerdan farqli hujumchi. Jamoaga o‘zi bilan boshqa narsa olib kelishiga aminman. U haqiqiy universal forvarddir. Umuman olganda u shunchaki top.

- Emre Jan sardor bo‘lib qoladimi?

- Albatta, boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Ko‘plab o‘yinchilar ta’tilda bo‘lganida sardorlik haqida gapirishdan ma’no yo‘q. Yulian Brandtni oldingi o‘yinga sardor etib tayinlaganimda menga xuddi shu savol berildi: «Bu belgimi?» Ammo bu umuman belgi emas. Avvalo, o‘yinchilarim bilan gaplashaman va keyin bu haqda xabar beraman. Rostini aytsam, hozir bu haqda o‘ylamayapman ham.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:48, 08.08.2024.
O'qildi: 983 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.